Tan berdim

(«Umid uchqunlari» shoiriga)

Tan berdim men, unadim men senga, senga, ey yosh kuch! Haqiqatan bu kelishing zo‘r isyon! Umid bilan zich to‘libdir hamiyon. Qanotlaring qarshi yelni sezmaydirlar, yuksal! Uch! Yer kunini ko‘kka ber! «Yunkers» Marsga bormoqchi, Bo‘shliqlarni olmoqchi, Qanotingni kengroq ker! Tomiringda isyonchi qon to‘xtamasdan yugurib Seni doim bir talvasa quchog‘ida saqlaydir. Alangali tili bilan «kelgusi»ni haqlaydir. Sen ham bukun yuzlaringni kelgusiga o‘girib, Uni maqtab-alqaysan. O‘tganlarga yomon gina saqlaysan… Bizlar faqat o‘tganlarga bog‘lanib, O‘tganlardek asta-asta yo‘q bo‘ldik. «Ko‘ngil» dedik, ko‘ngillarda «kul» bo‘ldik… O‘tganlarning kafaniga chulg‘anib, U olovli ko‘zlaringga qarasam, Hamiyondan uchib chiqqan uchqunlarni sanasam, Isyon o‘qi o‘lik tanga kirmasin, Otguvchisi yosh Vatandosh bo‘lmasin!..

Andijon. 1925, 27–mart