Tashlama
(...ga)
Ko‘ksingdan gulingni olib tashlama!
Xayoling ko‘klarda uchib yurganda, O‘ynoq istaklarni quchib yurganda…
Ko‘zlarim ko‘ksingga bog‘lanib turdi, Qarashim o‘zini u gulga urdi.
Sevganing sen – gulga boqmas bo‘lsa-da, Sen jafo rasmini aslo ushlama! Ko‘ksingda bir kuni qurib so‘lsa-da,
Go‘zal qiz, u gulni olib tashlama!..
Qo‘qon. 1925, 21–noyabr