Ulug’ Britaniyaning bukungi hokimlarig’a
Temza bo’ylariga 5–10 ta Tog’larday haybatli zindonlar soling! Riyokor bo’lmagan, haq degan erni Zulm qo’li bilan zindonga soling!
Lankastar shahrining ko’chalarida Polis nafarlari tinmay aylansin. Ishladim, haqqimni so’rayman, degan Har ishchi zanjirga siqib bog’lansin!
Qilichlar, miltiqlar, pulemyot, to’plar Tokay amringizga bo’yin egadi? Tokay haq so’zlagan miyalar, boshlar Dorlarning ipiga borib tegadi?
Tokay ig’vo bilan, aldashlar bilan Million-millionlarni asir qilasiz? Tokay anglamagan, xom miyalarga Jannat va’dasi-la ta’sir qilasiz?
O’n qavat, yuz qavat zindonlaringiz O’zingiz uchun ham tor katak bo’lur! Riyokor so’zlagan u tariq tillar Yana o’zingizga qarshi o’grilur!
Mazlumlar, ezilgan, xor bo’lganlarning G’azab olovlari bir kun tutashar! «Intiqom! Intiqom!» – degan na’ralar To’lqinday quturib Temzadan oshar!
O’shanda Temzaning suvlari qadar Quturib oshishlik bizda ham bo’lar.
1920 yil.