Ulug’ yo’lda

Yo‘limizda cho‘llar, suvlar, dengizlar, Bosuvchisin tanib bo‘lmaslik izlar. Shu izlarni bosib, dengizlar kechib, Buyuk amal bilan boramiz bizlar!

Yurakdagi saqlab borgan amallar Yo‘llardagi dengizlardan ulug‘roq; Ezilganlar tilak tilar bu yo‘li Burungidan to‘lug‘roq, Mahkam qilib bog‘lanilgan kamarlar!

– Tezrak! – Qanot! Qushlar yanglig‘ uchayliq, Keng cho‘llardan, dengizlardan kechaylik, Sharqning eski chigalini yechaylik!..

Toshkent. 1920, 10-avgust