Xayol

Xayol, xayol... Yolg‘iz xayol go‘zaldir, Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman. Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir, Olovimni alar uchun yoqaman. Go‘zal xayol, kel, boshimda gul o‘ynat, Manim istak-tilagimni erkalat!