Xayoli
Ko'ngildagi muhabbatning uchqunin Xayolimning bir burchida berkitdim. Ul uchqunning kuchligidan siynamda Hech tuzalmas, og'ir yara bor etdim.
Qulog'imga ol baxt, deb eshitilgan Azonlarni shaytoniy deb o'yladim, Shuning uchun baxt bergan malakka Turli-tuman afsonalar so'zladim...
Sochlarini o'ynab turib eshitdi Va dedikim: "Afsonalar behuda". Bul so'zlari qulog'imga yetishdi: "Oqdim,-dedi,-qonli, zardobli suvda..."
Oq-oq,-dedi afsonalar sultoni, - Sening taxting, baxting unda kutadir. Ul zardobli, qonli suvlar ostida Qora kiygan joning jilva etadir.
Ket, ey shayton, bosqiradim... qo'rqaman... Ket-ket. Qilich singan, qalqon teshilgan. Ko'rasanmi? Men ezilgan, yotaman, Ustimga-da balo tog'i yiqilgan.
So'nggi nafas, oxirgi dam, ey malak, Kel, bir qara, so'ngra yiqilsun falak.
Toshkent. 1920, aprel