Yana oldim sozimni
Bir necha yil qantargach, Yana oldim sozimni, Endi aytib yig‘lamas Ko‘ngildagi rozimni.
Ko‘ngildagi kudurat Ko‘tarildi, nihoyat. Endi ilhom manbai – Qaynab yotgan shu hayot!
Qillaridan sozimning To‘kilajak shan kuylar, Hur o‘lkaning hur qizi Singari qashang kuylar.
Qurilish dostonlari Pardalardan oqajak. Eh ko‘ngil, yangi dardlar Tag‘in seni yoqajak!
1934-yil, noyabr