Yer asiralari
Yer asiralari, yer asiralari! Oltin bilavzuklar, yoqut marjonlar, Sadaf donalarmi tasallilari, Qo‘rg‘onmi, devormi nasibalari, Kun sanab o‘tarmi oy-u yillari, Tilga kelmaslarmi shu qadar jonlar?
Yer asiralari, go‘zal tonglarning Sochidan ko‘ngilga quvvat olingiz! O‘zingiz tirishib, bevijdonlarning Ko‘ngliga erk uchun ilhom solingiz!
Yer asiralari, yer asiralari, Yosh to‘kib yig‘lashmi nasibalari?!
Andijon. 1924, 24–sentyabr