Bizning Vatan

(Eski yo‘lda)

Yer yuzinda o‘zga bir olam erur bizning vatan, Boshqa har bir o‘lkadan keng, har diyordan kattakon.

Har tomondan yuksalish soriga tashlab zo‘r qadam, Dasht–u sahrosi aning gul-gul ochilmishdir chaman!

Daryosi, avvalgidek, yerdan olib qochmas o‘zin, Chunki poyiga uning mahkam urilmishdir kishan.

Munda mehnat hurlik olgan, barcha mehnat ahli hur, Kimki mehnat qilsa quvnoq, kimki mehnat qilsa shan!

Fan bilan mehnat ikovlon qo‘l berishgan, ittifoq, Erkin-erkin yayrashib ijod etar mehnat va fan!

Yangi jam’iyat qurib dunyoga o‘rnak bo‘lgali Barcha mehnat ahli birga, hamma bir jon, bir badan!

Bu vatanni jon bilan saqlashga, Cho‘lpon, hozir o‘l, Kimki qasd etsa anga kiysin pushaymondin kafan!..

1934-yil, avgust