Bokuga Sharq qurultoyiga ketkatda

Yolimizda choʻllar, suvlar, dengizlar, Bosuvchisin tanib boʻlmaslik izlar, Shul izlarni bosib, dengizlar kechib, Buyuk amal bilan boramiz bozlar! Yurakdagi saqlab borgan amallar, Yoʻllardagi dengizlardan ulugʻroq; Ezilganlar tilak tilar bu yoʻli Avvalgidan toʻlugʻroq. Mahkam qilib bogʻlanilgan kamarlar… Sharqning eski chigalini yechaylik.

1920 yil, 10 Avgust, Toshkent.