Boychechak
Ko‘klam qo‘shiqlaridan 3
Boychechakning bolasi Ochdi yuzini. Suvga chiqqan xolasi Ko‘rdi qizini!
Boychechakning bolasi – Yetimcha bir qiz… Uning o‘gay onasi
Juda yomon, tez!
Boychechakning bolasi Yulib olindi. Yurtning ko‘zi olasi Juda sevindi!
Boychechakning bolasi Har uyda kuldi. Go‘daklarning xaltasi Non bilan to‘ldi!..
Andijon. 1925, 18–mart