1 May

1.

Bu buyuk kun yillar boʼyi zoʼr oʼrmonlarning Quyosh tushmas joylarida qarshi olindi. Yoxud chuqur va qorongʼi yertoʼlalarning Zax bagʼrida nafas, baʼzan, ichka solindi. Qizil bayroq alangadek lovullar ekan, Xushtak chalib oʼtgan oʼqlar bagʼrini tildi. Uni qoʼldan bermayman deb May kunlarida Koʼp ishchilar tiklanolmas boʼlib yiqildi. Ey buyuk kun, har yil kelib, oʼz tegrasiga Quyilardan yangi-yangi quvvat toʼplardi, 16 yil bundan burun kech kuz faslida U zoʼr quvvat dushmanlarning safini yordi!

2.

Shundan beri u zoʼr kunni, har kelganida, Million-million kular yuzlar qarshi oladi. Baynalminal ovozlari yuksalar ekan, Bor shundaylar nafasini ichka soladi… Million-million kular yuzlar har yil shu kunda Bir qayrilib – oʼtkanlari yoʼlga qaraylar: Shunday ulugʼ dovonlarni nechik oshganlar, Nechik muncha tez ketkanlar … anglayolmaylar. Tarix boʼyi hech bir quvvat botinolmagan Juda ogʼir, juda mushkil bir yoʼlni tutib; Oʼtish uchun loaqal ikki-uch asr Kerak boʼlgan uzun yoʼlni besh yilda oʼtib, Qari tarix betlariga sharaf bitkanlar, Yer yuzini hayron qilib gangiratkanlar! Faqat, yana qizil bayroq hilpirar ekan, Millionlarning oʼtkur koʼzi – tagʼin yoʼllarda. Yangi hayot, sinfsiz hayot qurish istagi: Million-million Erkak, xotin, qiz, oʼgʼillarda!…

1933 yil, may