Ishq
(Usmonlicha)
Ilk evvel goʻzimi ishq ila ochdim, Ishqing meydanina qanimi sachdim. Ishqsiz oʻlkalerden u endi qochdim, Ne zamon bogʻladim zunnore ishqi.
Ishq deya ayrildim dindan, imandan, Anglamam hech bir sey joy insof, vijdondan. Ishka sajda etdim, boʻldim u ondan, Ne zamon qatl etdim kuffor-i ishqi.
Jannat benim uchun quruq sahrodir, Ishqning sahrosi, kim banga maʼvodir. Aksini sen banga ne qadar qondir. Qonmam, chunki bildim gulzor-i ishqi.
Ishqing meydoninda bir pexlivanim, Bir maxshar qoʻparur har damda qonim, Na buyuk benim, baq, ishqqa imonim, Yera diz choʻtirdim jabbar-i ishq.
Ben ishqing mulkiga yagona hoqon, Banga boʻyin egar bil jumla-i sulton. Inanir oʻrduma shuyla bir boqqan, Koʻr nija saf bista ashkor ishqi.
Soʻylarkan dillarim na yomon, Yozarkan qalamim na hazin agʻlar, Soddadil bunlardan na maʼni anglar, Bilmas kuch oʻldugʻi is’hor-i ishqi.
1922 yil.