Kel beri

Kel menga, kel, kel menga: Quchog‘imni ochganman. Turmush haqiqat bo‘lsa, Borlig‘imni otganman.

Men kuchli: men-da isyon, Men to‘lqin: men-da tug‘yon. Ko‘pirarman, tosharman, Chegaramdan osharman!

To‘fonim elni bosar, Turmush tog‘larin oshar Va o‘lmas, mangu yashar!..

Devonabog‘. 1921, 21-sentyabr