Kishan
Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yo‘qdir! Temir barmoqlaringning dog‘i butkul ketgani yo‘qdir!
Na mudhish, na sovuq – manhus, na qizg‘anmas quchog‘ing bor! Bashar tarixining har safhasida qonli dog‘ing bor!
Yumilmas ko‘zlaringning har biri bir elni qahr aylar, Faqat bir borlig‘ingdirkim butun borliqni zahr aylar!
Qulf birlan sening erkingda ko‘p yillar qolib ketdim… Faqat har tebranishdan qurtulishlikni umid etdim.
Kishan, gavdamdagi dog‘ing hanuz ham bitgani yo‘qdir! Faqat butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!..
Toshkent. 1922, 15 sentyabr