Ko‘klam yomg‘iri
Ko‘klam qo‘shiqlaridan 1
Uch kunlik yomg‘ir To‘xtadi bazo‘r; Bulutlar ko‘chdi.
Kech kirgan chog‘da Tol shoxlariga Shu’lalar tushdi…
Havoning yuzi, Zaharli ko‘zi Muloyimlashdi…
Sharqning malagi – Nay kamalagi Ko‘kka ulashdi…
Tolda sochpopuk, Qiz ko‘ngli «po‘k-po‘k»… Taqmoq istaydir!
O‘rtoqjonini, Xayrixonini «Ha» deb qistaydir…
Lekin shu’lalar Singib boralar… Oqshom to‘r soldi.
Sochpopuk taqish, Yigitga yoqish… Ertaga qoldi!..
Andijon. 1925, 22–mart