Ko‘ringan alanga

(Germaniya voqealari to‘g‘rolik)

Xunuk, buzuq, sovuq yuzlar alanganing bag‘rida Qon o‘ynagan ko‘zlarini katta ochib turalar… To‘p kishilar alangaga o‘zlarini uralar, Onalarning ko‘z yoshlari bolalarning dog‘ida.

Ey madaniy, ey faylasuf, ey alloma «kunbotish»! Yer yuziga kishan yoyib, qullik sepib, oxirda Bu nima, bu alangalar to‘ri bilan o‘ralish? Hech mumkinmi qahr etilsin qahr etguvchi qohirda?..

Yer yuzining har burchida siz bazmlar qurganda Olam-olam bechoralar botqoqlarda surundi. Nima uchun atrofingiz alangaga burundi Qon noqusi sizning uchun yengish mashqin urganda?!

Har tarafda sizning g‘olib qo‘llaringiz yurganda Nima uchun olov chiqdi, alangalar ko‘rindi?..

Andijon. 1923, 31–noyabr