Kulmak istading

Na uchun kulmak istading, go‘zalim? Yo‘qsa, so‘lmoqdi lablaringning ishi… Na uchun tishlaringni berkinishi Bu yo‘li bitmak istadi, malagim?

Senki kulmak bilan vujudimni Ba’zida sevgiga ko‘mar erding. So‘ngra birdan yana cho‘kar erding Eski, behuda, keng xayollaringga.

Ol qo‘limni bir oz-da qo‘llaringga, Ko‘kka behuda qo‘yma dudimni!

Sevgi – dard, sevguvchi-da – bir tentak. Sen-da tentakdan e’tiroz etasan.

Qochasan, oh, faqat adash ketasan. Istaging bormikim, borib yetasan?

Qayda bo‘lsang-da, g‘irt bo‘g‘ar sevmak, Sevgidan qochmoq istasang, go‘zalim, Tashla, behuda o‘ydir ul, azalim.

Menga bir kulmak istading, malagim. Kulki, kulsin kulolmagan tilagim!..

Buxoro (Harbiy xastaxona). 1922, 4–yanvar