Lolalar dardini anglagan Lola

Lolalar dardini anglagan Lola, Lolalar tilidan qilibsan nola

Lolalar nolasi achchiq boʼlsa ham, To qalbdan kelguvchi sanchiq boʼlsa ham,

Tinglab kelgan edi karquloq devor, Erkakning oʼzidek bir noʼnoq devor…

Endi bu nolangni jahon tinglasin! Dillarda bor esa vijdon tinglasin!

Men qalamimni alamga solib, She’riy quvvatimni qalamga solib.

Nolangni qalbimga koʼchirdim, Lola, Ey lola tilidan qilguvchi nola!

1925 yil.