Odam va qush
Go‘zal qushlar! Mening munda borligim Hech sababsiz qo‘rqitadir sizlarni! Sira qo‘rqmang! Sayray bering erkinlab Ko‘nglingizda yashrin yotgan sirlarni!
Ham dalada, ham bog‘chada tinch bo‘ling! Tutmoq uchun sizga tuzoq qo‘ymayman, Erkinlikda erkli bo‘lib yashashning Qimmatini men o‘zim ham bilaman!..
Toshkent. 1922, 20–avgust