O’rdak ovozi
(Vey In U she’ri, tarjima)
Sevgili yurtimni qoldirib keldim Yiroqda… yiroqda… allaqaylarda. Ba’zida o‘ylayman yonib yuragim: «Oh, qachon bo‘laman o‘sgan joylarda?» Xu-An-Nan oqshomi… Kuz fasli… Yomg‘ir… Mung‘ayib turaman bolaxonamda. Tinglayman: uchmoqda tepamda, tomda Yurtimdan keluvchi o‘rdaklar gur-gur!
1930-yil