O‘sh kechasi
Qop-qorong‘i kecha…. Chiroqlardan So‘nggi nur ketdi. U… yiroqlardan O‘kirib, guvlagan tovush keladir, Kechaning keng sukutini tiladir…
Nima?
Qanday tovush bu?
Bilmayman.
Qulog‘imni sira ololmayman. Balki, bir to‘p ajinaning qo‘shig‘i, Yoki alvasti tovushining cho‘zig‘i, Yoki tog‘larda dev botir o‘ynar, Yoki sahroda bo‘rilar to‘yi bor…
Kechaning, balki, yig‘lagan dodi, Balki, kunning alamli faryodi!..
O‘sh. 1924, 7–fevral