O‘zbek chinovchilariga
(O‘nta yigitning chinovchilik (tanobchilik) kursini bitirishi munosabati bilan)
Yerni o‘lchang, tanob torting, handasaga to‘g‘rilang! Yer ekkuvchi dehqonlarning holini ham xo‘p o‘ylang!
Tanob degan jonsiz narsa mo‘ljalgacha cho‘zilur, Ammo jonli dehqonlar-chi? Unga yetmay uzilur!
Yer sizlarga ko‘kragini katta ochib ko‘rsatar, Dehqon bo‘lsa ko‘z yoshini yerga sochib ko‘rsatar.
Raqam bilgan miya bilan dehqon g‘amin anglangiz! Tanob tortgan qo‘llar bilan yarasini bog‘langiz!
O‘zingizni yer ekkanning xizmatiga chog‘langiz, Yer va mehnat yovlarining yuragini dog‘langiz!..
Qo‘qon. 1925, 27–iyun