Oʻtli suv
Zo‘r dengizning to‘lqinidir, bag‘rida Yuz yillarning qonli qo‘rqinch izi bor. Yumshoq suvdan biriktirgan og‘zida Shafqat bilmas isyonlarning so‘zi bor!
Qanday mag‘rur ahmoqlarkim, tinch yerda Tot olurlar uni qarg‘ab, so‘kmoqdan. Yo‘lchi bo‘lib, yo‘lga chiqqach, bu yerda Jon berarlar dahshatidan, qo‘rqmoqdan.
Qora bulut ko‘zlaridan ko‘p choqlar Hovuch-hovuch yangi kuchlar oladir. Ey tinch yerda kular yuzli o‘ynoqlar, Sizga yolg‘iz qovog‘ini soladir.
Savatingiz, xurjuningiz, ko‘rdikim, Ko‘z yoshlari, qayg‘ular-la to‘lmishdir. Uchib o‘tgan yo‘lchilardan so‘rdikim, Qo‘lingizda jon yigitlar o‘lmishdir.
Ko‘pirar ul, hovliqar ul, toshar ul, Go‘ringizdan na’ra tortib oshar ul!..
Toshkent. 1922, 23-mart