Bir bog‘ cho‘p

Bir otaning o‘g‘illari doim bir-biri bilan urishib yurardi. Ota ularni qancha nasihat qilsa ham foydasi bo‘lmadi. Bir kuni u o‘g‘illarini chaqirib, bir bog‘ cho‘p keltirishni buyurdi.

— Qani, kim buni sindira oladi? — dedi u.

O‘g‘illar navbatma-navbat urinishdi, ammo bir bog‘ cho‘pni hech biri sindira olmadi.

Shunda ota bog‘ni yechib, har biriga bittadan cho‘p berdi. Ular cho‘plarni osongina sindirib tashlashdi.

— Ko‘rdingizmi, bolalarim, — dedi ota. — Agar siz ham bir-biringiz bilan ahil bo‘lsangiz, hech qanday dushman sizni yengolmaydi. Agar urishib, bir-biringizdan ajralsangiz, har biringizni xuddi shu cho‘p kabi osongina sindirishadi.

Hikmat: Birlik — kuch. Ahil oilani hech kim yengolmaydi.