Dehqon va uning o‘g‘illari

Keksa bir dehqon o‘limi yaqinlashganini sezib, dangasa o‘g‘illarini yoniga chaqirdi.

— Bolalarim, — dedi u, — tokzorimizda bir xazina yashirilgan. Uni topish uchun yerni yaxshilab qazinglar.

Otasi vafot etgach, o‘g‘illar belkurak olib, tokzorni qazishga tushishdi. Ular yerni qarich-qarich qazib, ag‘darib chiqishdi, ammo hech qanday xazina topisholmadi.

Ammo o‘sha yili yaxshi ishlov berilgan tokzor shunday mo‘l hosil berdiki, ular hech qachon bunchalik uzumni ko‘rishmagan edi. Uzumni sotib, ko‘p pul topishdi. Shunda ular otalarining qaysi xazina haqida gapirganini tushunishdi.

Hikmat: Eng katta xazina — mehnat.