Burgut va toshbaqa

Toshbaqa butun umri yer bag‘irlab yurishdan zerikib qoldi. U qushlarga havas qilib, burgutdan iltimos qildi:

— Meni ham uchishga o‘rgat!

— Sen uchish uchun yaratilmagansan, — dedi burgut. — Qanoting yo‘q.

Ammo toshbaqa qaysarlik qildi, yolvordi, hatto dengiz tubidagi gavharlarni va’da qildi. Oxiri burgut uni changaliga olib, bulutlar qadar baland ko‘tarildi.

— Mana, endi uch! — dedi burgut va uni qo‘yib yubordi.

Toshbaqa tosh kabi pastga qulab tushdi va qoyaga urilib, chil-chil bo‘ldi.

Hikmat: Tabiatan berilmagan narsani zo‘rlab olishga intilgan odam o‘ziga jabr qiladi.