Gerakl va aravakash
Bir aravakash yomg‘irdan keyin loy yo‘ldan ketayotgan edi. Aravaning g‘ildiraklari chuqur loyga botib qoldi, otlar qancha tortmasin, uni chiqara olmadi.
Aravakash aravadan tushmay, qo‘llarini ko‘tarib, kuchli qahramon Geraklni yordamga chaqira boshladi:
— Ey Gerakl, yordam ber! Aravamni chiqarib ber!
Shunda osmondan ovoz keldi:
— Dangasa! Avval o‘zing tush, yelkangni g‘ildirakka tira, otlarni haydab, harakat qil. Shundan keyin yordam so‘ra. O‘zing qo‘l qimirlatmasang, hech kim senga yordam bermaydi.
Hikmat: O‘ziga o‘zi yordam berganga yuqoridan ham yordam keladi.