Yo‘lovchilar va chinor

Jazirama yoz kunida ikki yo‘lovchi charchab, katta bir chinor soyasiga o‘tirishdi. Ular salqinda dam olib, tepaga qarashdi.

— Bu daraxt naqadar befoyda! — dedi biri. — Na mevasi bor, na yog‘ochi biror ishga yaraydi.

Shunda chinor tilga kirdi:

— Noshukurlar! Hozir mening soyamda rohatlanib o‘tirib, meni befoyda deyapsizlar-a!

Hikmat: Odamlar ko‘pincha o‘zlariga eng ko‘p foyda keltirayotgan narsaning qadriga yetmaydilar.