Mirrix yulduziga

Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani! Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan, Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan? So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni? Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar, So‘yla, yulduz, sening dag‘i quchog‘ingda bo‘lurmi?

Bormi senda bizim kabi insonlar, Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar. O‘rtoq qonin qonmay ichkan zuluklar, Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar? Bormi senda o‘ksuz yo‘qsulning qonin -Gurunglashib, chog‘ir kabi ichkanlar? Bormi senda butun dunyo tuzugin O‘z qopchig‘in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar. Bormi senda bir o‘lkani yondirib, O‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar. Bormi senda qorin-qursoq yo‘lida Elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar?

1920