Oʻgut
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim. O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal, Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!
Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et. Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo‘rlikdir bu... Yiqil, yo‘qol, ket!