Gulshan ul-asror
Haydar Xorazmiy
Debocha
Umr chu qat’ etti adam manzili, So‘zga raqam urdi qalamning tili.
So‘z guhari bilguchi sarrofi roz, Bo‘ldi bilig nat’ida mansubi boz.
Jilva qilib so‘z nasaqi ichra zavq, Shavqu talab bo‘yni uza soldi tavq.
Ishq bu hangomada urdi nido, G‘aybu shahodatqa yoyildi sado.
Ilmu mahal tobtiyu, qildi zuhur, Shu’la urib partavidin soldi nur.
Qut ichida nekim erdi nihon, Barcha bu qudrat bila bo‘ldi ayon.
Soldi adad soyai taxrorini, Sifrg‘a topshurdi o‘z izhorini.
Bo‘ldi adad snfr o‘ti lomii, Sifr bo‘lib jifr evining jomii.
Nuqta bilan nuqta topib imtizoj, Qo‘ydi alif farqina shohona toj.
Tushgach alif qomatining soyasi, Topti ham-ul soyani hamsoyasi.
Toj alif, nuqta alif zillini, Ismi alif lom alif ma’nini.
Bo‘ldi bu bir nuqta muammoyi g‘ayb, Nuqta nekim nuqtai tug‘royi g‘ayb.
Nuqta bo‘lib harfqa sifrul xitob, Harf bo‘lib nuqtag‘a ummul-kitob.
Abjadi ta’rif qilib izdivoj, Ma’rifat arqomina berdi rivoj.
Ayladi imlo nazari ko‘zga ko‘z, Doira birla ulonib so‘zga so‘z.
Ulfat ila bega ulandi alif, Vuqu’sidin qofiya topti radif.
Maxzani asror bu ramz erdi, bil, Notiqa bu ko‘zgudin o‘rgandi til.
Mundin uloshildi murattab tomom Sifr safi ushbu durur vassalom.
Oqil muni ilmu odam dedi, Barcha uluq ismdin a’zam dedi.
Oqil agar so‘z bila so‘zni yopar, Orif o‘shul so‘zda o‘zini topar.
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin, So‘zda topar so‘zlaguvchining otin.
Ahli nazar shevasini so‘z bilur, Nuri basar mevasini ko‘z bilur.
So‘z ko‘zidur ulki ko‘rar holni, O‘z so‘zidur ulki so‘rar qolni.
So‘zda ko‘zu so‘zlaguchida nazar, Yo‘q esa so‘z ko‘zlaguchida xabar.
Zohiru botin xabari so‘zdadur, O‘zgada yo‘q, har neki bor o‘zdadur.
Ul kishikim topmadi so‘z ganjini, Qildi habou hadar o‘z ranjini.
Kimki nazar manzaridin yumdi ko‘z, Qo‘ymadi meros o‘zidin g‘ayri so‘z.
Umri garonmoya chu bo‘lg‘ay talaf, So‘z durur so‘z dunyoda qolg‘ay xalaf.