Musannifning vasful-holi
Bir kecha g‘am birla edim hamnafas, Munisu damsozim ul erdiyu bas.
Ko‘z yoshidin boda, bag‘irdin kabob, Durdi dilim nuqlu fig‘onim — rubob.
Qaydag‘i andeshalarim jo‘sh urub, Bir yo‘li boshdan-ayoq og‘o‘sh urub.
Ohi jigarso‘z sunub dasti zo‘r, Nolai dilso‘z qilib sharri sho‘r.
Siyna pur az dardu balo xonidin, Ser bo‘lib o‘z yuraki qonidin.
Dard sepib eski jarohatg‘a tuz, Sho‘rishu sho‘robasi tinmay hanuz.
Sham’ sifatlik yurakim shu’lazan, Dud — boshimda, oyoqimda — lagan.
Jon tilamay bir yo‘li tan sihhatin, O‘ylaki tan go‘ru kafan suhbatin.
Ko‘zuma keng dunyo bo‘lib tangu tor, Ro‘zi qiyomatni ko‘rib oshkor.
Har damu har lahza bir o‘tqa yonib, G‘oyati yo‘q otash bila o‘rtanib.
O‘t ichida qaqnusi bechoravor, Nolai jonso‘z tuzib sad hazor.
Har nafasohang qilib bir navo, Dunyoda har lahza solib yuz sado.
Umr o‘tub ko‘rmayin uyquda tush, Nolalarimdin uyumay qurtu qush.
Charxi falak tashna bo‘lib qonima, Dunyai dun qasd qilib jonim-a.
Sabr bynosini bakulliy buzub, Hosili yo‘q umrdin ummid uzub.
Toyiri andesha urub bolu par, Fikr ayoqi birla kezib xushku tar.
Goh malak avjida tayron etib, Goh falvk burjida sayron etib.
Goh tilab dardi dilima davo, Goh so‘rub ranju g‘amima shifo.
Men bu dam tosa bilan tamsanib, G‘ayrat achiq ustida berdi nahib.
Necha bu besabrliq, ey nosabur, Er kerak emgak bila tobsa huzur.
Bandu balo dunyoda erga tushar, Muncha balo er kishiga ne bo‘shar.
Er esang erdek yuraging tishlagin, Kechgan eranlarning ishin ushlagin.
Tut g‘amu mehnat bila ko‘nglungni xush, Oqil esang marhamu darmoning ush!
Omi sifat bo‘lma farog‘atparast, Xas bikin bo‘l oyoq ostinda past.
Sabr ila Ayyubqa hamdast bo‘l, Jura’sining sarqutidin mast bo‘l.
Sidq namozin qilur ersang ado, Yusufi Siddiqqa qil iqtido.
Ahlu balo silsilasindin naxust, Masnading asbobini qilg‘il durust.
Gar yuraging sust esa, me’dang zaif, Bo‘lma san ul shevalik elga harif.
Ma’nisi yo‘q lofni qo‘y, ey fuzul, Raqsga shoyista degul beusul.
Qissa uzun qilma, ko‘tarma alam, Tort bu da’vi raqaming‘a qalam.
Zarra kimu kunga havodorliq, Sen kimu ul durga sazovorliq.
Loyiq emassen bu sharaf burjina, Mushtari bo‘lma bu guhar durjina.
Moya qani kim tilasang sudini, Bilsang ishing g‘oyati behbudini.
Yo‘lg‘a qadam qo‘ymaki, begonasen, Silsila tebratmaki, devonasen.
Chunki eshittim bu buzurgona so‘z, Tushti vujudimg‘a bir o‘t o‘zdin-o‘z.
Telbaligim tutti dimog‘im yo‘lin, To‘lg‘adi bu nag‘ma qulog‘im yo‘lin.
Tortti avval poyai hushyorliq, Jon ko‘zina surmai bedorliq.
Atsa urib notiqa musta’jali, «Yarhakamaolloh»,— dedi jon tili.
Bosh chiqarib ishq ko‘ngul jaybidin, Boshladi so‘z nusxai loraybidin.
Zavqu havas tilga ravonliq berib, So‘z damina ruh fishonliq berib.
Garchiki andisha otin surdi raxsh, Fikr bu tarkibga bog‘ladi naqsh.
Arodakim tushti bu gulbong tez, Notiqa «labbayk» urib qildi xez.
Ma’nii bikr oldi yuzindin niqob, Jilva qila boshladi xush behijob.
Jomi sabuhiy qilibon raf’ sharm, Soqiyi g‘ayb ayladi hangoma garm.
Tushti harobat ichida hoyu ho‘y, Soldi mening ko‘ngluma bu guftugo‘y.
Men tag‘i mastona chog‘im chog‘ladim, So‘z yuzin ochtimu belim bog‘ladim.
Yoydim ulus ichra bu jomi safo, Ikki jahon xalqina urdum salo.
Kimgaki bor ishtahi, ettim halol, Qursogina tushti bu jomi zulol.
Hazm qilo bilmasa ko‘b yemasun, Kuch bila halvoni achchiq demasun.
Menki bu niyat bila urdum qadam, Jon tamuri uchini qildum qalam.
Xos ko‘ngul naqdidur ushbu ramuz, G‘avsda ko‘rsatma guharni ujuz.
Aql tengiz erdiyu andisha — kon, O‘rtasida gavhari ma’ni nihon.
Jon tishi birla qozib ul konni, Qildim o‘zum g‘avs bu Ummonni.
Ul kishi qo‘yg‘ay chu Nizomiy bu ganj, Qozg‘ana olg‘ay guhari dast ranj.
Yo‘q esa har muflisu bedastgoh, Hech topa bilgaymu bu maxzang‘a roh.
Ganj iyosi kon ila daryo kerak, Jumlai asbobi muhayyo kerak.
Bersa nekim izdasa har javhari, Xarj bila o‘ksumasa gavhari.
Har nechakim sochsa, yana qilsa jo‘sh, Bahrasidin boyisa javharfurush.
Gar tilasang say’ bila bu sifat, Say’ing erur zarrai bema’rifat.
Er nazarindin ochilur er ko‘zi, Er nafasi birla yurur er so‘zi.
Hukm bila donada bordur shajar, Faslig‘a keltursa yegaylar samar.
To‘kmasa dehqon araqi poyi bel, Mevasining foydasin topmas el.
Tarbiyatu sa’y qilur bog‘bon, Toza bo‘lur meva berur bo‘ston.
Ul kim erur ruhu Qalimu Xalil, Tobmadi bevositai Jabrail.
Yo‘lni qulovuz birla topsa bo‘lur, Ramzni hikmat bilan topsa bo‘lur.
Pir dami yetsa qurug‘an o‘luk Ruh topibon tirilur bilguluk.
Ulkim erur nash’u namosiz jamod, Bog‘lamag‘ay nomasig‘a e’timod.
Garchi qilur tabl o‘zidin xurush, Lek urar tosh qozon o‘rtuqli jo‘sh.
Ki dag‘i bordur uluq bolu par, Bormu humo xosiyatindin asar.
Ulkim urur lof bu da’vi bila, Rost kerak da’visi ma’ni bila.
Avval anga mu’jizatek so‘z kerak, Yo ko‘rubon anglag‘utek ko‘z kerak.
So‘z bila ham bo‘lsa ne bo‘lg‘ay edi, Mendin ochun so‘z bila to‘lg‘ay edi.
So‘zda kerak ma’niyu ma’nida zavq, So‘zlaguchida so‘z uchun dardu shavq.
Orag‘a kirsa mahaki imtihon, So‘z iyori bo‘lur uldam ayon.
Bu ne fusun, bu ne afsonadur, Bu ne un nag‘mai mastonadur.
Tutti jahon zamzamai Haydariy, To‘ldi sado gunbazi nilufariy.