Mav’iza (5)
Bu ne damu bu ne sifat jon berish, Bu ne yurumak, bu ne oson yurish.
O‘zgalarga o‘xshamas abdol ishi, Hargiz alar tavrina yetmas kishi.
Sharbati — xunoba, g‘izo — dardu ranj, Surati vayronayu ma’nisi — ganj!
Garchi kezar chirkinu uryon o‘zi, Lafzi iboratsiz ayitqon so‘zi.
Anglasa har ramzida ming sirri bor, Kim, bilur ul ramzni juz birubor.
Bir dame Iso damidin choshni, Kim, teshar olmas bikin toshni.
Ko‘ktagilar titrar alar zarbidin, Surma qilurlar ayog‘i gardidin.
Hamdamiyu hamnafasi bori ishq, Ham atosi, ham anosi yori ishq.
Peshalari zahmatu sidqu vafo, Shevalari himmatu zavqu safo.
Ilmu amal bahsu jadaldin ketib, Mo‘minu kuffor bila sulh etib.
Mahv ko‘ngul lavhidin alo-valo, Tay qilibon pok kati-ul samo.
Holotu tomot alardin majol, Moliyu mustaqbal alarga chu hol.
Dars ichida Xizr bila hamsabaq, Jue evida Iso bila hamtabaq.
Mazhari oyati kalomi Karim, Mazhari axloqi sifoti qadim.