Xorun bila Bahlul hikoyati
Bir kecha Xorun bila Bahluli mast, Bo‘ldi xilofat evida hamnishast.
Dedi xalifakim:—Ayo piri roh, Taxt iyosi tojvari besipoh.
O‘zga yalang tutma ayog‘ing izi, Hayf bu davlatni topar yer yuzi.
Surma qilur arsh izing tufroqin, Kafsh kiyu qilma toboningni qin.
Gul yuzini qilma tikon birla nesh, Kafsh kiyu qilma taboningni resh.
Pir dedi:— Kafshni kim saqlasun, Kim ayog‘im kafsh bila bog‘lasun?
Dedi xalifa:— Berayin qul sanga, Saqlamaga kafshni tobshur anga.
Pir dedi:— Ey shohi oliy najod, Qorni ochib ne yesun ul nomurod.
Dedi xalifa:— Berayin to‘shasin, Yaxshi mayin qilayin go‘shasin.
So‘zladi Bahlul javobi fasih: — Kafsh netar arsh yurushluk Masih
Ulki aloyiqni qilibtur taloq, Anga taalluq bila ne ittifoq?
Muncha alomatqa bir kafsh uchun, Surfa qilurmuki elinsam kuchun.
Kafshim erur ushbu yorilmish tabon, Xil’atim ush eski yamoqliq chapon.
Toji xilofat — bu parokanda soch, Me’da — vazir, ul tog‘i payvasta och.
Olami ashboh mening kishvarim, Zomiri arvoh mening lashkarim.
Taxtgohim eski ziyorat boshi, Masnadu farmish ulular mafrashi.
G‘ayb tajallisi hamog‘ushi noz, Ishq murabbiysi nigohdori roz.
Ju’ evida kashfi haqoyiq jalis, Samt ichida halli daqoyiq anis.
Faqrda hamxirqa Masiho bila, Jam’ qilib qatrani daryo bila.
Bahr kibi mavjzan alo xamush, Ganjtek eginda vale xok po‘sh.