Maqolot
Necha bu gofil, ko‘ngul oxir uyon, Ko‘zungni och, bir tog‘i boqqin buyon.
O‘ldung esa vaqtidur emdi tiril, So‘zga ketur bor esa og‘zingda til.
Tashna esang bir oyoq ol, no‘sh qil, Sen tagi joning bor esa, jo‘sh qil.
Elday peshohang minib sorbon, Yukladi shabgir bila korvon.
Yo‘lp yomon cho‘ldiru manzil yiroq, Necha yukung bo‘lsa, yengil yaxshiroq.
Har kim erur taqviyu toat bila, Bo‘lsa kerak faqru qanoat bila.
Hirsu havas, nafsu havo bo‘ynin uz, Faqru qanoatni rizo birla tuz.
Nafsni haq berganiga rozi et, Ul amolini o‘zina qozi et.
Itligi tutsa so‘ngak oldinda qo‘y, Qiynaki, yemak bu turur, yoyu to‘y!
Ul kibi doim tilasa ko‘ngli qut, Sen tog‘i assor sifat ishga tut.
Bir-bir etib xayri namolliqlarin, Olinda qo‘y barcha yamonliqlarin.
Gar xud esang po‘ladu shahvatparast, Eski yomonliq bila tsil poybast.
Ko‘z yumub orqangda yurutur chu nish, Hargiz aning rayi bila qilma ish.
Muncha yil odam chog‘idin to bu dam, Barchag‘a boziy beradur yakqalam.
To‘kti u bo‘kang ichagingning qonin, Do‘st sog‘indingmu otang dushmanin.
Ko‘rguzur o‘zin kishiga mehribon, Ko‘z yumub ochquncha qilur qasdi jon.
Odamiyot yog‘i yarog‘in bilur, Evdagi dushmang‘a ne tadbir qilur,
Hiyla bila oliyu aldog‘i ko‘b, Makru dag‘o to‘ni bila bo‘yi xo‘b.
Goh ibodat bila tushqay yo‘lung, Va’zu nasihat bila tutqay qo‘lung,
Shu’badalar birla etib chashm band, Bergay ul ish birla sanga rishxand.
Berdi esang evda anga ixtiyor, Qolmadi bir javcha senga e’tib©r,
Barcha evingni o‘ziga munkatur, O‘zga qachon hech kishini sangatur.
Otki yurur yozida yoyo‘ qishi, Uqlamag‘uncha tutolmas kishi.
Nafsni qilg‘il hamul ottin tamnz, Saqlama ul yozida asru semiz.
Ot semizi bir dobon oshqach harar, Eti yaroq bo‘lsa yurishga yarar.
Bo‘lsa riyozat bila nafsing yiroq, Yo‘l kishisira qani andoq uloq.
Olding esa nafs elindin inon, Borki, saning bo‘ldi bu ikki jahon.
Ul kishilarkim bu uloq mindilar, Barcha yo‘l emgaklaridin tindilar.
Ko‘z yumub ochquncha kezib yer yuzi, O‘z yeridin tebramagantek o‘zi.
Bormu bu tan markabidin yaxshiroq, Naqa ayoqliq kishi boshliq biroq.
Hech kishi ko‘rgaymu jahon xalqida, Xoja yayoq kezgayu, ot yilqida.
Bilgin, ey solik, muni, bas bilgulik, Barcha ibodat boshidur bu suluk.
Etma har ish qilmoq uchun yer kerak, Er (bu) turur ishlamakka er kerak.
Yo‘l budur oxir qani devonaye, Yo‘lga qadam urg‘uchi farzonaye.
Ursa harifona badou shinoxt, Ikki jahon naqdina bir taxtu baxt.
Har baloga solmasa o‘z gavharin, Saqlasa o‘z poyasida langarin.