Maqolot (3)
Bir nafas ey, dunyo ishidin malul, Oqil esang qil bu nasihat qabul.
Siynada savdo urug‘in ekmagin, Himmat etagindin ilik chekmagin.
Hech nimaga tegmasang, ey do‘st, dast, Himmat ayog‘inda bo‘l, ey do‘st, past!
Er kishiga himmat agar bo‘lsa yor, Oqibatul-amr murodin topor.
Er kishi emgakta tetikroq bo‘lur, Shisha necha sinsa itiqroq bo‘lur.
Qolmas oyoq ostida durri yatim, Qimmati o‘ksurmu necha sinsa siym?
Tegsa butun la’ldin elga futuh, Sinsa muffarihduru tafrihi ruh.
O‘tqa yoqar anbari soroni shoh, To isidin toza bo‘lur borgoh.
Kuymasa majlis ichida sham’ shom, Bo‘lmas edi mehrga qoyim maqom.
Kimgakim esh bo‘lmasa pesh uftod, Hech kishi hech ish bila topmas kushod.
Tajribasiz ermudir, ey hamnafas, Tajribadur erga murabbiyu bas.
Har g‘alat er o‘g‘liga bir pand erur, O‘z g‘alatin bilsa xiradmand erur.
Er kerak o‘z ja’dasini yozmasa, Borsa taqi yo‘lg‘a, yonib ozmasa.
G‘aflat o‘lumdur, taqi navmid o‘luk, G‘ofilu navmid nedur bilguluk.
Oqil esang bo‘lg‘il umid ustida, Sud bil, ey do‘st, qasid dastida.
Har necha kunkim falak etgay sitez, Qilma zabunlar kibi azmi gurez.
Shu’badalar g‘aybta bordur nihon, Bir chog‘i birla kima qoldi jahon.
Qilma biluklik bila ko‘nglungni resh, Kim, biladur xoru gulu no‘shu nesh.
To harakat qildi falak gardishi, Qolmadi jovid g‘am ichra kishi.
Ayn hayotikim erur ul ayon, Xizr berur zulmat ichinda nishon.
Har g‘amu mehnatki ko‘rinur gazand, Yaxshi ko‘rar bo‘lsang erur sudmand.
Mehnat evindagi jigarxorlar, Faqr yo‘lindagi talabgorlar.
Dard yo‘linda qo‘yungiz ustivor Sabru tahammul qadamin rostvor.
Beg‘alat etmaki budur rohi rost, Men netayin toki nedur anga xost.
Har neki tahqiq bo‘lubtur mango, Barchasini bir-bir ayittim sango.
Qobil esang yaxshi qabul et nafas, Maqbulu muqbilg‘a bir harfi bas!