So‘nggi so‘z
Andaki bu azm ila yo‘ndum qalam, Shoh duosi bila urdum raqam.
Ochtim aning madhina bu yaxshi fol, Fotihasi xotimag‘a keldi dol.
Bo‘ldi maonida ko‘ngul naqshband, Jon tilp gulbongni qildi baland.
Jilva qila boshladi rozi nuhuft,. Xotiram andesha bila bo‘ldi juft.
Nomai sarchashmasina tushdi jo‘sh, Bulbuli mahbus ko‘pardi xurush.
Ganj eshigin ochti inoyat qo‘li, Boshladi tavfiq hidoyat yo‘li.
Ganjnishin orifi sohib sarir, Ganjuchining kunjidan urdi safir.
Tashnasifat bo‘ldim ayog‘inda past, Jura’sidin qildi dimog‘imni mast.
Bu qaro tuproqqa qilib jur’arez, Lutf bila tutti qo‘lumniki, xez!
Turk zuhuridur ochunda bu kun, Boshla uluq yir bila turkona un.
Rost qil ohangi «Navo»yu «Hijoz», Tuz yotug‘on birla shudurg‘unni soz.
Turk surudini tuzuk birla tuz, Yaxshi ayolg‘u bila ko‘kla qo‘buz.
So‘zda mening tavrum erur dilpisand, Tab’g‘a gulqand kibin sudmand.
Men bitigan xat bila yo‘ng‘il qalam, Men yurug‘an yo‘l bila urg‘’il qadam.
Chiqma izimdinkim, erur ja’da rost, yo‘l yurumak bor esa ko‘nglungda xost.
Naqd seningdurki,sazovorsen, Ganjni sen soqloki bedorsen.
Arsada sen-sen bugun, ul shahriyor Kim, sanga berduk barimiz ixtiyor.
Sendin adab birla bu bel bog‘lamoq, Bizdin adab qoidasin saqlamoq.
Sendin ayoq bosmoqu bizdin nufus, Tengridin ilhomu hunardin julus.
Chun nazari g‘ayb yorutti chirog‘, Partavidin bo‘ldi munavvar dimog‘.
Topti ko‘ngul kulbasi nuru safo, Berdi hunar taxtina nash’u namo.
Menki pishurdim bu laziz oshni, Shayx Nizomiydin olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib, Ma’nisidin yorlig‘u burhon topib.
Qo‘ptim esa, o‘pti elimni bilig, Ganjfishonliq bila ochtim ilig.
Keldim etaklab guhari shohvor, Qilsa qabul o‘z qo‘lidin shahriyor.
Jo‘bsali bo‘lsa sochayin ancha dur, O‘ylaki bo‘lsun yetti iqlima pur.
Dunyoda chun Haydari sohib hunar, Kim, javodi muncha tuganmas guhar.
Harneki qozg‘andimu yig‘dim tamom, Qildim olib siypag‘uchig‘a harom.
Oshin ichib o‘tini so‘ndurmangiz, Sufra boshidin iyosin surmangiz.
Mol iyosindin ayamang bir duo, Fotiha takbir yiboring mango.