Kitob yozilishining baeni
Eyki bu ma’nida talabgorsan, Tebran agar voqifi asrorsan.
Borg‘anicha yo‘ldur uluqdin uluq, Boshdin-oyoq kelguliku borg‘uluq.
Garchi senga asru yiroqtur bu dam, Rag‘bat etar bo‘lsang erur bir qadam.
Qilg‘in eranlartek o‘zungni fido, Oshiqu Majnung‘a yetar bir sado.
G‘aflat ishin aql etarsenki ne? Nukta bila naql bitarsenki ne?
Urma o‘z olinda bu devor kaj, Sotma iyor ahlina me’yor kaj.
Ishq etagin qo‘yma, agar borsa bosh, Boshni qochirmag‘il agar yog‘sa tosh.
Durr koni qimmatki, butundur sadaf Kon ichida la’lg‘a bormu sharaf.
Shisha agar qilmasa shabnamni band, Sehr ila ko‘rgaymu edi u gazand?
Ulkim, erur ishq bila tiynati, Netsun anga jonu jahon ziynati.
Ulkim erur hamnafasu ruhi pok, Tan taqi birla bo‘lurmu halok.
Ulkim erur zavq ichida maskani, Talh etabilg‘aymu kudurat ani.
Ishq fidosina balodin ne g‘am, Sarzanishu javru jafodin ne g‘am.
Eykim, ishing yo‘q bu malomat bila, Ket yo‘lunga xayru salomat bila.
G‘oliya sevguchi dimog‘ing qani? Anbari soroni netar gulxani?
Sudin agar urksa sahro qushi, Su bilur mavjni daryo qushi.
Dard kerak jondaki ko‘rgay safo, Me’da kerak toki singurgay balo.
Suvg‘a baliq, o‘tqa samandar kerak, G‘amg‘a muhibb, dardg‘a Haydar kerak.
Ey, kim, erur qursog‘ing usru zaif, Borki bu majlisda dagulsen harif.
Eyki, qo‘yarsan ayog‘ing yo‘lda chab, Bu yo‘l erur boshtin-ayoq, bulajab.
Qo‘rqar esang qilma o‘zingga sitam, Yo‘qki bosh ustinda bo‘lur ul qadam.
Yo‘lda turur yuz mahaki imtihon, Zaxmi parokandayu nishi nihon.