Pulini yuqotgan kishi hikoyati

Forsda bir forisi chobuksuvor, Shahr ichida qilur erdi guzor.

Fo‘tasida bog‘lig‘ edi necha Futa bila soldi yo‘l uzra,

Xulqi farovon edi-yu, ammo yo‘l, Kelgan izi birla talay yondi ul.

Yo‘lg‘a chorlattiyu urdi navid, Tobmayin ul naqdini uzdi umid.

Dedikim:— Ey qodiru parvardigor, Borchaning asrori sanga oshkor.

Tobmasun ul necha diramdin nasib, Sayyidu muftiyu faqiru g‘arib.

Ul dam ochirg‘andi ango bir fuzul Kim, bu kishilar erur ahli qabul.

Dunyo bular birla erur obodon, Bo‘lmasun ul toifadin boshqa jon.

Sen ne sabab birla bu so‘zlar deding, Hech nima ul elga ravo ko‘rmading.

Dedi: bu yarmog‘in iturgan faqir, Qo‘y bu nasihatni, degul dilpazir.

Sayyid olib xumsqa qilg‘ay hisob, Mufti evurgay masala behijob.

Toki agar tobsa faqiru g‘arib, G‘aybdin erdi desalar bu nasib.

Omii sodiq dili parhezkor, Tobsa oytgaykim, ey parvardigor.

Bizga halol et, iyasina savob, Dunyoda-o‘q har-birina o‘n javob.

Xarj qilib evda yarog‘i bila, Egay oni o‘g‘li ushoqi bila.