Har yurakning bir bahori bor
Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh
Har yurakning bir bahori bor, Har bir qalbga ishq bo'lar mehmon. Har yurakda gullar muhabbat, Bo'ston etar uni begumon.
Lekin Layli boshiga kelgan Qora kunlar bizga yot bugun; Bizga yotdir shirin baxtini Poymol etgan u qop-qora tun.
1936 yil