So‘zingning sharpasi tekkanda...

So‘zingning sharpasi tekkanda olam bob, bob kuygay, Dengizlar, daryolar, hattoki ko‘llarda hubob kuygay.

Kamondek qoshlaring, kipriklaringdin o‘q otar doim, Sening yoding bilan tinmay hama noz-u itob kuygay.

Yonib ishqingda qalbim kulga aylansa ajab ermas, Ko‘zing osmonga tushganda lovullab oftob kuygay.

Olay toqatni qaydin ko‘zingga hech qarolmayman, Tushibdir uchquning bag‘rimga go‘yoki kitob kuygay.

1943