Sevgi desam, faqat sen desam...

Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho‘rishiga quloq solsam jim…

Quyun kabi aylanar boshim, Qarayman-u, ko‘zim tinadi Va jilvangdan ko‘ngil ko‘zgusi Parcha-parcha bo‘lib sinadi.

Shu qarashga bormi nihoya, Bo‘larmanmi maqsadga vosil? Toparmanmi bir yangi g‘oya, Bo‘larmikan bir murod hosil?

Topilarmi unda bir chora, Agar meni qurshasa junun: Bo‘lib qolsa sirim oshkora, Atasalar nomimni Majnun?