O‘rgulsin quling

Qay kuni ko‘rdimki man diydor, o‘rgulsin quling, Ul zamon o‘ldum asir afgor o‘rgulsun quling.

Oh urib ketdim o‘zimdan qolmadi sabru qaror, Ashki selobim erur anhor, o‘rgulsun quling.

Muncha ham zolim ekansan, qayrilub bir boqmading, Termulib qoldim yo‘lingda zor, o‘rgulsun quling.

Men o‘zimcha bo‘lmadim, jono giriftoring sani, Bor ekan xilqatda bu asror, o‘lgulsun quling.

Rahm qil, insof qil, andak xudodan sharm qil, Berma ko‘p bechoraga ozor, o‘rgulsun quling,

Barchaga bu ishq savdosi barobar mug‘bacha, Qilmagil bechoralardan or, o‘rgulsun quling...

Naylasun yozmay Nihon darding, o‘zing bir ko‘rmasa, Lylasa arzi dilii izhor, o‘rgulsun quling.

1911 yil.