O‘qi
Ko‘zimizga ko‘rinib turgan hama asboblar Hech biri bo‘lmas edi, gar bo‘lmasa, zinhor uquv.
Yer ichida ko‘milib yotgan hama oltin, kumush Yuzaga chiqdi bari bois anga axbor, o‘quv...
Gar dilingda o‘ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, o‘qi!
Qo‘y o‘yin, sayru tamoshoni, g‘animat yoshliging. Shum fe’llardan o‘zingii aylagil bezor, o‘qi!
Ey o‘g‘il, dunyoda bo‘lmoq istasang olijanob, O‘qig‘il maktab kelib, zinhor o‘qi, ming bor o‘qi!
1914 yil.