Bir kelub ketsun
Sabo arzimni yetkur, mohitobon bir kelub ketsun, Tamomi husn elining shohi-sulton, bir kelub ketsun.
Tutarga bir dami suhbat asiru notovon birlan, Darig‘ tutmay nigorim bo‘lsa imkon, bir kelub ketsun.
Necha kundan beri ko‘rsatmayin vaslin sog‘inturdi, Tarahhum aylasun ul sho‘xi jonon, bir kelub ketsun...
Qafas ichra vsiram andalibdek dog‘i hajridan, Agar bir marhamat qilsa guliston, bir kelub ketsun.
Va yo qilmoq esa qurbon bu zulmu kori boridan, Olib qo‘liga xanjar mardi maydon, bir kelub ketsun.
Firoqi firqatidan yetdi boshim bistari g‘amga, Ko‘rarga ul hakimi kobiliston bir kelub ketsun.
Ketub tandan madorim, gul yuzim chun za’faron o‘ldi, Dilimni quvvati, dardimga darmon, bir kelub ketsun.
Agarchi mandan o‘tgan bo‘lsa har sahvu xato dildor, Kechursin, tovba qildim, yuz pushaymon bir kelub ketsun.
Nihoniyga necha ahdu vafolar bog‘lagan erdi, Degil ko‘p qilmasun ahdini yolg‘on bir kelub ketsun.
1908 yil.