Bu falak

Bu falak charxini osti bir qiziq bozor ekan, Har kasing sarmoyai g‘am qo‘lida tayyor ekan.

Lek arzondir mashaqqat, rohatin naqdi baland, Shunchalik aybi hukmdori ajal makkor ekan.

Begimiz o‘lsin tavoze’ pesha bo‘lsa kofidir, Har eshik ochiq anga davlat eli dildor ekan,

Chashmi xo‘p, boshi nigun har bir haqiqat oshiqi, Ko‘hna po‘sh o‘lsa ayoq ostida xasdan xor ekan.

Jismi sidqim havzi haqlik ichra botmoz bilmadim, Jomi havzu suvdamu qaysida bir sir bor ekan.

Tushsa har shayga muhabbat garchi o‘lsun nopisand, Tolibini nazdida gavharcha qadri bor ekan.

Dardi sirring loaqal qilma vujudingga ayon, O‘z vujudingdan chiqon dushman ishi dushvor ekan.

Har xirad ahlini so‘zi bir muammo go‘yyo, Donish ahlin pandini rad aylamoq bekor ekan...

1911 yil.