Kitob
Har ko‘ngilning orzusi shul erur obihayot Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob.
Har murodning boshidir, har muddaoning gavhari, Har marazlarning shifosi ya’ni luqmondir kitob.
Ko‘zni nuri, dil huzuri, dillaring darmonidir, Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob.
Har balodan asrag‘uchi eng muhim qimmat yarog‘. Tiri vahshat, xanjari zillatga qalqondir kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar, Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.
1914 yil.