Maktab

Erur ilmu adab, fazlu hunar osori maktabdan, Yetar har rutbai oliy esa takror maktabdan.

Hama gulshan uza yomg‘ur yog‘ub chun sabzazor etsa, Taraqqiy gulshani obod o‘lur anhori maktabdan.

Hama izzu, sharofat ham saodat konidur maktab, Yetar iki jahonda matlabing zinhor maktabdan.

Qayu millatda maktab o‘lmasa beshak xarob o‘lgay, Hama millatda shul-chun guftugo‘ bisyor maktabdan.

Hama ilmu maorif ganjini devoridir maktab, Hama hikmat chiqar bu mahzani asrori maktabdan.

Chiqib turmakda har kun yuz tuman asbob-ashyolar, Tamoman asli beshak mevai ashjor maktabdan.

Qo‘shar iisop qatoriga qilub insonlarni inson; O‘qub ilmu adab bo‘lgay kerak hushyor maktabdan.

1914 yil.