Rasululloh keladi yoki Meʼroj

Kel endi Jabroil, Arshni supurgil ey, Anda mehmon boʻlgani Rasululloh keladi.

„Mozogʻal basar“ koʻzlig, „shamsi va zuhal“ yuzlig, Hammadan shirin soʻzlik, Rasululloh keladi.

Shamollargamu aytgil, sayr etishini qoʻysin, Beadablik qilmasin, Rasululloh keladi.

Daryolargamu aytgil, mavj urishini qoʻysin, Oldida saqo boʻlsin, Rasululloh keladi.

Azroilgamu aytgil, jon olishini qoʻysin, Xizmatda muqim tursin, Rasululloh keladi.

Moliklargamu aytgil, doʻzax eshigin yopsin, Yoʻllariga gul tiksin, Rasululloh keladi.

Gʻulmonlargamu aytgil, mehnat eshigin ochsin, Boshlariga dur sochsin, Rasululloh keladi.

„Ufqul maqom“ga borib yigʻlaydi Jabroil: „Mundan oʻtsam, yo Rasul, qanotlarim kuyadi“,

Mahshar kuni boʻlgan yigʻlaydi Mashrobo, Rasululloh keynidan Mashrab qalandaring keladi.